Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 3 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.
Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi>>
7-8 oktabr kunlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonda rasmiy safar bilan bo‘ladi
O‘zbekiston MDH davlatlariga o‘z avtomobillarini “Ravon” brendi ostida eksport qiladi>>
Yil boshidan beri internetda “GM Uzbekistan” avtokorxonasida “Ravon” brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlangani haqida turli gaplar yurgandi
Medvedev Rossiyaning Suriyadagi asosiy maqsadini oshkor qildi>>
Suriya Rossiya havo kosmik kuchlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya birinchi navbatda Rossiya xalqini terrorchilikdan asrash uchun zarur
Suriyada “IShID” jangarilari tomonidan yaratilgan, qo‘lbola portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan yirik sex Rossiyaning Su-25 shturmchi samolyotlari tomonidan yo‘q qilindi
Obama Asad rejimining qulashiga ishonch bildirdi>>
AQSh Suriya prezidenti Bashar Asad oxir-oqibat qulashiga ishonmoqda
Obama Suriya inqirozini hal etishda Rossiya va Eron bilan hamkorlik qilishga tayyor>>
AQSh prezidenti Barak Obama Suriyadagi siyosiy o‘zgarishlarni hayotga olib kirish uchun Eron, Rossiya, shuningdek, koalitsiya bo‘yicha ittifoqchilari bilan ishlashga tayyorligini aytib o‘tdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Donbassda qarama-qarshi tomonlar to‘qnash kelgan chiziqdan kalibri 100 mm dan kichik bo‘lgan qurol-aslahalarni olib chiqib ketishini ma'lum qildi
Andijon temir yo‘l vokzali 2016 yili foydalanishga topshiriladi>>
Andijon temir yo‘l vokzali 2016 yili foydalanishga topshiriladi
Atambayev: hamma narsani musht bilan hal qilishga intilayotgan partiyalar qonunlarga tupurmoqda>>
Parlamentga korrupsiya tufayli qidiruvdagi yohud mushtumzo‘r odamlarni olib kelishga intilayotgan ayrim partiyalar amalda qonunlarni mensimay qo‘yishdi
Si Tszinpin Tsukerbergga qizini xitoycha ism bilan nomlamaslikni tavsiya etdi>>
Facebook asoschisi Mark Tsukerberg Xitoyga tashrifi chog‘ida XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashdi. Uchrashuv paytida Tsukerberg o‘z qizini ixtiyoriy ravishda xitoycha ism bilan nomlashni istayotganini aytgan
OAV: OPeK prezidenti korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi>>
Nigeriyaning sobiq neft vaziri, OPeK prezidenti Diyezani Alison-Madueke Londonda korrupsiya va noqonuniy pullarni legallashtirishda ayblanib qo‘lga olindi
Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriyada “IShID”ning 50 dan ko‘proq obektini nishonga olish maqsadida 60 dan ko‘proq parvoz amalga oshirdi
Yaponiyalik tennischi Toshkentda WTA turni g‘olibiga aylandi>>
Yaponiya vakilasi Nao Xibino Toshkentda o‘tkazilgan tennis turniri g‘olibi bo‘ldi. Turnirning yutuq jamg‘armasi 227 ming dollarni tashkil qiladi