12:51 / 04.10.2015
10671

MY5 telekanali efiri mashhurlarga to‘ldirilishi professional jurnalistlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda

MY5 telekanali yangi mavsumdagi aksariyat loyihalariga boshlovchilar sifatida mashhur qo‘shiqchilar va aktyorlarni taklif qilayotgani telekanalda ishlayotgan professional jurnalistning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Sayyod.com sayti bayonot bilan chiqdi.
Telekanal xodimlaridan biri sayt ma'muriyati bilan bog‘lanib, tashkilotda hukm surayotgan ichki muhit haqida axborot berdi. U qo‘shiqchi-yu aktyorlar bilan televideniyeda ishlashning qiyinchiliklarini ochiq tasvirlab berdi.
“Mu5 telekanalining yangi mavsum efiri boshlovchiligiga yoppasiga mashxurlar bilan to‘ldirilmoqda, - deydi nomi keltirilmagan jurnalist. – Bilasizmi, chumchuq so‘ysa xam qassob so‘ysin ekan, xonandadan boshlovchi qilish judayam murakkab ish bo‘lmoqda. Bir boshlovchi qiladigan ish xozir ikkiga ko‘paytirildi, baribir boshlovchi kadr ortiga o‘tgani bilan endi xonandaga suflerlikni o‘tamoqda. Nuqta verguligacha tayyor matnni yozib bersangiz xam xonandalarimizni yo yodlashga vaqti yo‘q va yoki istagi xam”.
“Istagan xonandani ertalabdan suratga olish ishlariga chaqirishku umuman befoyda! – so‘zida davom etdi u. – Vaxolanki suratga olish ishlari reja-ro‘yxat asosida va uni buzib bo‘lmaydi. Tushga yaqin zo‘rg‘a uyg‘ongan xonandalarni o‘ziga kelib yasan-tusan qilishini baribir bir necha soat kutishga to‘g‘ri keladi, yoki bo‘lsa aksar xollarda to‘y xizmatlaridan bo‘shaganida yarim tunda. Bu bilan ishni unumi bo‘lmayapti, kun bebaraka ketmoqda”.

Top