11:29 / 04.10.2015
4442

Obama Qunduzda halok bo‘lgan shifokorlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Afg‘onistonning Qunduz shahridagi bombardimon chog‘ida “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro tashkiloti shifoxonasida halok bo‘lgan xodimlar va bemorlarning oila a'zolariga ta'ziya izhor qildi.
“Amerika xalqi nomidan mediklar va fuqarolar halokati munosabati bilan hamdardlik bildiraman va chuqur qayg‘uda ekanligimni ma'lum qilaman”, - dedi u o‘z bayonotida.
U, shuningdek, Pentagon mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborganini eslatib o‘tdi.

Top