18:05 / 04.10.2015
5581

Qunduzda o‘qqa tutilgan shifoxona: mijozlar yotgan o‘rinlarida yonib ketdi

“Chegarasiz shifokorlar” xodimi Afg‘onistonning Qunduz shahrida amalga oshirilgan aviazarbalar tashkilotning tibbiy markazida qanday aks etganini hikoya qilib berdi.

“Tungi soat 2:00da portlashdan uyg‘onib ketdik, - deydi tibbiyot birodari Zoltan Layosh. – Dastlab men nimalar bo‘layotganini tushunmadim. Hafta davomida bombardimon va portlashlarni eshitib keldik, ammo bular bizdan uzoqda bo‘layotan edi. Bu safar hammasi o‘zgacha bo‘ldi”.

“Shifoxona xodimlari nima bo‘lganini tushunishga harakat qilganicha, bombardimon davom etdi. Men qoniga bo‘g‘ilib qolayotgan hamkasbimni topib oldim. Unga yordam zarur edi. Gospital vayron bo‘ldi”.

Tirik qolganlar yaradorlarga yordam ko‘rsatishga harakat qilishdi. Vengriyalik ko‘ngilli shifokorning ta'kidlashicha, ularning ko‘z oldida hamkasblari jon taslim qilayotgan edi.

“U yerda sodir bo‘lgan dahshatlarni ta'riflaydigan so‘zlarni topish mushkul, - xulosa qildi guvoh. Ayrim shifokorlar hech narsa qila olmay, faqat dod solib yig‘lar edi. Intensiv terapiya bo‘limida olti mijoz yotgan joylarida yonib kul bo‘layotgan edi...”.
Eslatib o‘tamiz, tashkilotning Qunduzdagi aviazarbalar oqibatida zarar ko‘rgan shifoxonasida 12 nafar shifokor va 7 nafar bemor halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Top