18:33 / 04.10.2015
6573

Rossiya Raqqa viloyatidagi terrorchilar tayyorlash markaziga zarba berdi

Rossiya havo kuchlari Raqqa viloyatidagi terrorchilar tayyorlash markaziga zarba berdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“At-Tabqa shahri atroflarida Su-24 samolyotlari KAB-500 bombalari bilan IShIDning jangarilar tayyorlash markaziga aniq zarbalar berdi. Shuningdek, qarorgohdagi aslahaxonaga aniq zarbalar berildi. U yerda sodir bo‘lgan ko‘plab portlashlar natijasida tayyorlov qarorgohining infrastrukturasi to‘laligicha yo‘q qilindi”, - deyiladi xabarnomada.

Top