18:56 / 05.10.2015
4545

AQSh va 11 mamlakat Tinch okeani hududi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini tuzishdi

AQSh va 11 mamlakat savdo vazirlari Tinch okeani hududi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolashdi, deb xabar bermoqda Wall Street Journal.

Avstraliya, Bruney, Kanada, Chili, Yaponiya, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, Singapur, AQSh va Vetnam bu borada o‘zaro hamkor bo‘lishdi.

Ma'lum bo‘lishicha ushbu mamlakatlar o‘rtasida ana shu hududda aylanuvchi savdo hajmi jahon savdo aylanmasi hajmining 40 foizini tashkil etadi.
Ta'kidlanishicha, bu hamkorlik Xitoyning Tinch okeani huddidagi iqtisodiyotiga qarshi turib berish uchun tashkil etilgan.

Top