10:45 / 05.10.2015
6002

"Chelsi" rahbariyati Joze Mourino masalasida majlis o‘tkazdi

"Chelsi" klubi rahbariyati jamoa 3 oktabr kuni "Sautgempton"dan "Stemford Brij"da uchralgan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, bosh murabbiy Joze Mourinoning kelajagi borasida majlis o‘tkazgan.

The Telegraph nashrida yozilishicha, klub xo‘jayini Roman Abramovich rahbariyat bilan bo‘lgan uchrashuvda bosh murabbiy Joze Mourino vaziyatni qay darajada o‘nglay olishi borasida gaplashib olgan.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda "Chelsi" 8 turdan so‘ng 8 ochko to‘plagan holda (2 g‘alaba, 2 durang, 4 mag‘lubiyat) 16-o‘rinni egallab turibdi.

Top