11:14 / 05.10.2015
5930

"Euronews" telekanali xodimlari O‘zbekiston haqida navbatdagi ko‘rsatuvni suratga olishadi

5 oktabrdan 14 oktabrga qadar "Euronews" telekanalining tasvirga olish guruhi O‘zbekistonda bo‘ladi.

"Uzbekistan Life" dasturi uchun Samarqand, Buxoro va Termiz tarixiy shaharlari haqida ko‘rsatuvlar tayyorlanadi.

Ushbu ko‘rsatuvlar dunyoning 155 mamlakatidagi 370 milliondan ortiq auditoriyaga ega telekanal orqali 13 tilda efirga uzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyidan "Euronews" telekanalida Samarqand, Buxoro va Xiva haqidagi 30 soniyalik reklama roliklari namoyishi boshlangandi.

Shuningdek, "Sharq taronalari" musiqa festivalini yoritib boradigan maxsus reportajlar tayyorlangan.

Top