20:32 / 05.10.2015
5447

iPhone 6s egalari smartfonning to‘satdan o‘chib qolishidan shikoyat qilishmoqda

Apple’ning eng oxirgi modeldagi iPhone 6s smartfonining ba'zi egalari kutilmagan muammoga duch kelishayotganini aytishmoqda. Smartfon vaqti-vaqti bilan batareyasi to‘la bo‘lishiga qaramasdan o‘z-o‘zidan o‘chib qolmoqda.

Apple qurilmalarini qo‘llab-quvvatlash forumlari va Reddit’da ushbu muammo haqida o‘nlab xabarlar berilgan. iPhone 6s bunday tarzda o‘chib qolganda, uni qayta yoqishning yagona yo‘li uni "qat'iy" qayta yuklashdir. Buning uchun o‘chirish va "uyga" tugmalarini bir vaqtda bir necha soniya bosib turish talab qilinadi.

Bu muammo smartfonning detallariga bog‘liq bo‘lmay, uning dasturiy ta'minotida bo‘lishi ehtimoli mavjud. Gap shundaki, shunday o‘z-o‘zidan o‘chib qolish holatlari haqida smartfon operatsion tizimining yangi versiyasi – iOS 9.0.1’ni o‘zlarining smartfonlariga o‘rnatgan Apple’ning avvalgi modellari egalari ham ma'lum qilishmoqda. Bundan keyin kompaniya ba'zi xatolar tuzatilgan yangi apdeyt iOS 9.0.2’ni chiqardi. Biroq hal qilingan muammolar orasida o‘z-o‘zidan o‘chib qolish muammosi haqida hech narsa aytilmagan.

Agar kompaniya xodimlari bu xatoni topa olsalar, u hoynahoy operatsion tizimning yangi relizlarida tuzatilsa kerak.

Top