19:36 / 05.10.2015
3115

Jyeymi Karrager: "Liverpul"ning yangi murabbiyi Klopp bo‘lishi kerak

"Liverpul" klubining sobiq himoyachisi Jyeymi Karrager Brendan Rojyersni iste'foga chiqqanidan so‘ng o‘zining ayrim fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Rojyers ketganini eshitib ajablanganim yo‘q. Negaki, uning ketishi avvaldan bor gap edi. Shuning uchun ham bu voqeani sodir bo‘lishini istamayotgandim. Endilikda jamoani top murabbiylardan biri boshqarishi lozim.

Bu Klopp bo‘lishi kerak. Ha, Anchelotti kuchli murabbiy. Lekin "Liverpul" murabbiyi yoshlik shijoatiga ham ega bo‘lishi kerak", deydi Karrager.

"Klopp esa o‘zining "Borussiya"dagi olamshumul muvaffaqiyatlarini yana bir bor takrorlash istagida yonmoqda. U o‘z jamoasi bilan YeChLda "Bavariya"ni ham, "Real"ni ham yenga olgan.

Ayni vaqtda "Liverpul" biroz kuchsizlangan. Bu esa Kloppda qo‘shimcha ishtiyoq paydo qilishi mumkin. Unda kuch va g‘ayrat yetarlicha bor. U jamoani avvalgi darajasiga qaytarishni o‘z oldiga maqsad qila oladi.

U o‘z qarorlari orqali haqiqiy burilishlar yasay oladi.

Rahbarlar to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishlari kerak. O‘z vaqtida Komollining tayinlovi, Dalglishning ikkinchi tayinlanishi va Rojyersning kelishi xato tanlovlar bo‘ldi.

Endi esa to‘g‘ri tanlovni amalga oshirish, ya'ni jamoaga Yurgen Kloppni olib kelish vaqti bo‘ldi", deya Karragerning so‘zlarini keltiradi Daily Mail nashri.

Top