10:21 / 05.10.2015
3752

Joze Mourino: Agar futbolchilar menga ishonmasliklarini aytishsa, iste'foga chiqaman

Londonning "Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino qanday shart-sharoitlarda iste'foga chiqishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

“Odamlar istaganicha gapiraverishi mumkin. O‘ylaymanki, men haqimda futbolchilardan so‘raganingiz ma'qulroq. Keyingi haftada Kobxemga boring (Klubning mashg‘ulot bazasi). Terma jamoadan chaqiruv olmagan Jon Terri, Diyego Kosta va Ramires o‘sha yerda bo‘lishadi. Ular bilan gaplashishingiz mumkin bo‘ladi.

Agar ular menga ishonmasliklarini aytishsa, men iste'foga chiqaman.

Faqat futbolchilarning o‘zidan so‘rang, turli shubhali manbalarga murojaat qilmang”, - deydi Mourino.

Qayd etish kerakki, yangi mavsumda "Chelsi"ning omadsizliklari davom etmoqda. Jamoa APLning 8-turidan keyin 8 ochko bilan jadvalning 16-o‘rnida bormoqda. YeChLning ikkinchi turida esa "Portu"dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lingan.

Top