10:06 / 05.10.2015
4229

«Milan» – «Napoli». «Rossonerlar» 2009 yildan buyon o‘z uyidagi eng yirik mag‘lubiyatni qayd etdi

4 oktabr kuni "Milan" "San-Siro"da "Napoli"ga qarshi A seriya doirasidagi 7-tur o‘yinini o‘tkazdi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi (0:4).

Oxirgi marta "Milan" o‘z uyida 4ta to‘p farqi bilan 2009 yilda, "Inter"ga mag‘lub bo‘lgandi.

Undan oldin ham jamoa o‘z uyida "Inter"ga (1974 yilda) va "Jyenoa"ga (1958 yilda) 1:5 hisoblarida 4ta to‘p farqi bilan yutqazgandi.

"Rossonerilar" o‘z maydonlaridagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatni 1997 yilda "Yuventus"dan qabul qilib olgan (1:6).

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Sinisha Mixaylovich boshqaruvidagi jamoa 9 ochko bilan 11-o‘rinda joylashgan.

Top