19:19 / 05.10.2015
5596

Mutaxassis fikri: Rossiya va O‘zbekiston Ipak yo‘li brendini olg‘a surishi kerak

"Rosturizm" rahbari o‘rinbosari Sergey Korneyevning fikricha, O‘zbekiston rossiyalik dam oluvchilarni vizasiz tartib, yuqori darajadagi xavfsizlik, an'anaviy mehmondo‘stlik va valyutalar bilan ayirboshlash haqidagi kelishuv bilan o‘ziga tortadi. 

O‘zbekiston va Rossiya ikki tomonlama sayyohlikni rivojlantirish sohasida katta salohiyatga ega, deb aytmoqda Rossiya sayyohlik federal agentligi ("Rosturizm") rahbari o‘rinbosari Sergey Korneyev.

Shu kunlarda Toshkentda Sergey Korneyev boshchiligidagi Rossiya sayyohlik kompaniyalari delegatsiyasi tashrif bilan bo‘lmoqda. Korneyev sayyohlik sohasida O‘zbekiston-Rossiya o‘zaro munosabatlarining istiqbollari haqidagi fikri bilan bo‘lishdi.

"Biz Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirishning katta salohiyatlarni ko‘rmoqdamiz. Buyuk tarix, Samarqand, Xiva, Buxoro, Xorazm kabi butun dunyoga mashhur tarixiy brendlar – bularning barchasi rossiyalik sayyohlar uchun tanish, ularning didlariga mos keladi", deb ta'kidlamoqda Korneyev.

"Biz O‘zbekistonga jiddiy reja va umidlar, katta qiziqish bilan keldik. Boz ustiga, bizda ishlashimiz kerak bo‘lgan umumiy mavzu bor – bu Buyuk ipak yo‘li brendini olg‘a surishdir", deb o‘z so‘zini davom ettiradi Korneyev.

"Rosturizm" rahbari o‘rinbosarining aytishicha, bu buyuk va qudratli brend Rossiya kabi O‘zbekistonga ham katta sayyohlik oqimini jalb qilishga qodir va davlatlar Butunjahon sayyohlik tashkilotining bu brendni olg‘a surishdagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashlari lozim.

Korneyevning aytishicha, rossiyaliklar avvaldan bu tarixiy joylarga katta qiziqish bildirganlar. Bunda sayyohlik nuqtai nazaridan rus va o‘zbek xalqi o‘rtasida til borasida to‘siqning yo‘qligi va an'anaviy sharqona rang-baranglik muhim rol o‘ynaydi.

Top