20:19 / 05.10.2015
5614

Olma-ota aeroportida qalbaki o‘zbek pasportiga ega qozoq ayol ushlandi

Olma-otada qozog‘istonlik chegarachilar Abu-Dabidan qalbaki o‘zbek pasporti bilan uchib kelgan qozog‘istonlik ayolni ushlashdi. Bu holat 29 yoshli Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan ayol pasport nazoratidan o‘tayotganda ma'lum bo‘ldi. U qalbaki pasport bilan mamlakatga qirmoqchi bo‘lgan. Qoidabuzar Qozog‘istonga "Abu Dabi-Olma-ota" reysi bilan uchib kelgan.

Ayol qalbaki pasportni BAA hududida sotib olganini tan olgan. Ushbu holat yuzasidan taftish olib borilmoqda.

Top