14:46 / 05.10.2015
12798

O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi birdaniga 14.08 so‘mga oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 5 oktabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 so‘m 8 tiyinga qimmatlashib, qiymati roppa-rosa 2635,08 so‘mni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 18 so‘m 6 tiyinga qimmatlashib 2959 so‘m 1 tiyinni tashkil qilib turibdi.

Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kichik miqdorda o‘sdi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 5 tiyinga qimmatlashib, 39 so‘m 96 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top