10:34 / 05.10.2015
4149

Qirg‘izistondagi parlament saylovda g‘alaba qozongan sotsial-demokratlar koalitsion hukumat tuzishga tayyor

Kecha Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan sotsial-demokratik partiya vakillari koalitsion hukumat tuzish bo‘yicha muzokalarni boshlashga tayyor, deb xabar bermoqda NTV.

Sotsial-demokratik partiya, birlamchi ma'lumotlarga qaraganda, 27 foiz ovoz to‘plagan. Partiya yetakchisi Chiniboy Tursunbekov g‘alaba deyarli aniq bo‘lganini va endilikda koalitsiya bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini ma'lum qildi.

Top