17:15 / 05.10.2015
9328

Qozog‘iston prezidenti N.Nazarboyev 29 bolaning hayotini saqlab qoldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan “Rahm-shafqat” xayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berilgan “Ipak yo‘li” mukofoti uchun taqdim etilgan mablag‘lar mamlakatdagi zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 29 nafar bolaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda jamg‘arma rahbari Arujan Sain ma'lum qildi.

“Yaqinda Nursulton Abishevich Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taqdim etilgan “Ipak yo‘li” mukofoti mablag‘larini jamg‘armamizga topshirgan edi. Bugun mazkur mablag‘lar sharofati bilan 29 bola yashab qolishi uchun o‘ta zarur jarrohlik amaliyotidan qaytishdi”, - dedi u.

Top