21:50 / 05.10.2015
6999

Tom Kruz va Nikol Kidmanning asrandi qizi o‘z nikohiga boqib olgan ota-onasini chaqirmadi

Tom Kruz va Nikol Kidmanning 22 yoshli asrandi qizi Izabella Kruz o‘z nikohiga boqib olgan ota-onasini chaqirmadi. Qiz Maks Parker ismli AT-mutaxassis bilan turmush qurdi, deb xabar bermoqda xorij OAVlari.

Nikoh sirli ravishda Londonda 18 sentabrda bo‘lib o‘tdi, biroq u haqda hozir ma'lum bo‘ldi. Matbuotning ma'lum qilishicha, nikohga yangi juftlikning faqat eng yaqin do‘stlari taklif qilingan. Juftlik nima uchun Kidman va Kruzni chaqirmagani hozircha sir bo‘lib qolmoqda.

Taxminlarcha, Kidmanning o‘zining asrandi farzandlari bilan aloqa qilishiga uning Tom Kruz bilan sayentologiya cherkoviga mansubliklari to‘siqlik qiladi. Bu cherkov aqidalariga ko‘ra, boshqa dindagi qarindoshlar bilan aloqa qilish tavsiya qilinmaydi.

Avvalroq intervyulardan birida Kidman o‘zining asrandi farzandlari bilan deyarli ko‘rishmasligini, biroq ular bilan sms-xabarlar yozishib turishini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, Kruz va Kidman 1990-2001 yillar davomida birga nikohda bo‘lishgan. Ular o‘zlarining biologik farzandlariga ega bo‘lmaganlar, biroq ikki nafar asrandi farzandlari – Izabella va Konnorni tarbiyalaganlar.

Top