20:06 / 06.10.2015
6878

Afg‘oniston sharqida IShID bilan bo‘lgan jangda 25 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida IShID jangarilari bilan bo‘lgan to‘qnashuvda 25 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. O‘nlab jangari yo‘q qilindi.
Bu haqda afg‘on harbiy qo‘mondonlik ma'lumotlariga asoslanib, Pokiston OAVlari xabar bermoqda.

IShID radikallari bilan Nangarxar viloyatida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida hafta davomida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Afg‘on maxsus xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi oylarda ektremestlar tashkilotining Afg‘onistonda faol harakatlari ko‘payib bormoqda. IShID rahbarlari joriy yilning yanvar oyida Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va Bangladeshni o‘z ichiga oluvchi Xuroson amirligi hududiy yacheykasi tuzishini e'lon qilgan edi. Uning rahbari (amiri) etib Pokistondagi toliblar harakati bo‘lmish "Texrik-i-tolibon Pokiston" harakatining sobiq harbiy qo‘mondoni Hofiz Sayid Xon tayinlangan edi.

Top