17:57 / 06.10.2015
21597

Afrikalik shahzoda qirg‘izistonlik qizga uylandi (foto)

Futbol bo‘yicha Qirg‘iziston terma jamoasi himoyachisi Daniyel Tego qirg‘izistonlik qizga uylanadi. Futbolchining bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i davlat registratsiya xizmatida mehnat qiluvchi Elnura Orozbayeva bo‘ldi, deya yozmoqda Zanoza.

Kuyov bo‘lmish Daniyel Nii Arma Tego Afrika monarxlaridan birining katta o‘g‘li hisoblanadi.

“Rostini aytsam, men bu mavzuda o‘ylamagan edim, ammo to‘ydan keyin men malikaga aylanaman”, - dedi Elnura.

“Hozircha biz faqat qirg‘iz an'analari bo‘yicha to‘y qildik, nikohimiz rasmiy ro‘yxatdan o‘tgani yo‘q. Hali to‘y kuni ham aniqlashtirilmadi. Chunki kuyovning otasi qachon kela olishi noma'lum. Birinchidan, u podsho bo‘lgani uchun juda tig‘iz ish jadvaliga ega, ikkinchidan, unga viza qachon berilishi noma'lum. Hozir Qirg‘izistonda taklifnoma rasmiylashtirilmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi kelin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Daniyel bilan Internet orqali tanishgan. Yigit Qirg‘izistonda 2008 yildan beri yashab keladi. Ayni paytda u Qirg‘iziston fuqaroligini olgan.

Top