16:28 / 06.10.2015
8916

Aktau shahrida egizak opa-singil egizak aka-uka bilan turmush qurdi

Qozog‘istonning Aktau shahrida istiqomat qiluvchi Torebek va Joldasbek Tolepbergenovlar Asil va Ayim ismli egizak qizlarga uylanishdi.

Tengrinews.kz nashri xabariga ko‘ra, ularning nikoh marosimi 4 oktabr kuni Asil va Ayim Binazarovaning tug‘ilgan shahri bo‘lmish Uralskda bo‘lib o‘tgan.

Ma'lum bo‘lishicha, yoshlar Uralskda tanishishgan. Opa-singillar do‘konga oyoq kiyimi xarid qilish uchun kelishganida egizak yigitlarning kichigi Joldasbek bilan tanishishgan.

O‘shanda sotuvchi bo‘lib ishlayotgan Joldasbek bilan gaplashgan Ayim uning egizak akasi borligi haqida bilib olgan.

Top