22:47 / 06.10.2015
5286

Amerikalik harbiy qo‘mondon Qunduzdagi shifoxona AQSh tomonidan nishonga olinganini tan oldi

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining Qunduzdagi shifoxonasi 2 oktabr, juma kuni AQSh harbiy kuchlari tomonidan aviazarbaga uchragan. Bu ishni 6 oktabrda AQSh Kongressi Senatining qurolli kuchlar majlisida AQShning Afg‘onistondagi qurolli kuchlari qo‘mondoni Jon Kempbell tan oldi.

Uning aytishicha, bu voqea Qunduz shahrida afg‘on harbiylari bilan tolibonlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarda hukumat kuchlarini havoda qo‘llab-quvvatlash jarayonida sodir bo‘lgan. Kasalxona xato oqibatida nishonga aylangan, deb ma'lum qildi harbiy boshliq. Shu bois u obektning nishonga olinishida AQShning qarori borligini tan oldi.

Top