09:52 / 06.10.2015
3515

Argentina saylovoldi kampaniyasining yetakchisi saylovlarga 20 kun qolganida oliygohni tamomladi

Argentina prezidentligiga “G‘alaba jabhasi” harakati nomidan ilgari surilgan nomzod Daniel Stsioli oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni saylovlarga 20 kun qolganida oldi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilindi.

Saylovoldi kampaniyasida yetakchilik qilayotgan nomzod 40 yil avval tashlab ketgan ta'limni bir yil muqaddam qayta boshlagan edi. Argentina biznes universiteti rahbariyati unga qolib ketgan 9 predmet bo‘yicha imtihon topshirish imkoniyatini yaratib berdi.

Dushanba kuni esa nomzod diplom himoyasini amalga oshirdi. Imtihon komissiyasi unga 7 ball qo‘ydi.
“Missiya bajarildi”, - deb yozdi Stsioli Twitter’da.

Top