13:49 / 06.10.2015
3764

5 oktabr kuni Instagram o‘zining besh yilligini nishonladi

Instagram ilovasi bundan besh yil muqaddam, 2010 yilning 5 oktabr kuni app store`da o‘z debyutini nishonlagan edi.
Ushbu ilovani ilk marotaba AQShning San-Frantsisko shahridagi Kevin Sistrem va Mayk Kriger ishga tushirgan edi.

Xizmatga joylashtirilgan eng birinchi fotosurat esa Kevin tomonidan ilova rasman ishga tushirilishdan oldinroq joylashtirilgan. Unda kuchuk va dasturchining oyoqlari tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Instagram fotoxizmatidan foydalanuvchilar soni 400 million kishidan oshgan. Ushbu xizmat ishga tushirishi bilan ikki oy o‘tmasdan bir million nafardan ziyod foydalanuvchiga ega bo‘ldi.

2013 yil fevralida esa uning har oylik auditoriyasi 100 milliondan oshdi. Ayni paytda har kuni ilovaga 80 milliontaga yaqin fotosurat joylanadi. Bugungi kunga qadar esa ijtimoiy tarmoqda 40 mlrddan ziyod fotosurat e'lon qilingan.

Top