18:34 / 06.10.2015
6005

Futbolchilarning uchdan bir qismi tushkunlikka tushib turishini tan olishdi

Jahonda bugun to‘p surayotgan professional futbolchilarning uchdan bir qismi tushkunlikka tushib turadi. Bu haqda Yevropa matbuoti FIFPro xalqaro professional futbolchilar kasaba uyushmasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra xabar qilmoqda.

U yerda ko‘rsatilishicha, so‘rovnomada ishtirok etgan 607 futbolchining 38 foizi, 2015 sobiq futbolchining 35 foizi so‘rov o‘tkazilishidan oldingi bir oy davomida tushkunlikka tushgan.

FIFPro bosh shifokori Vensan Gutbarjning so‘zlariga qaraganda, tushkunlikda futbolchilarning jarohat olish ehtimoli ancha oshadi.

Tadqiqot Belgiya, Chili, Finlyandiya, Fransiya, Yaponiya, Norvegiya, Paragvay, Peru, Ispaniya, Shvetsiya va Shveytsariyada o‘tkazildi.

Top