01:06 / 06.10.2015
6057

KUN.UZ dayjesti: 5 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 5 oktabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Yodnoma: Janjalkash daho yoki Sergey Yesenin qismati>>

Sergey Yeseninning tavallud kuniga bag‘ishlanadi

O‘zbek olimlari avtotransport vositalarining davlat raqamlarini aniqlovchi dasturiy ta'minot ishlab chiqishdi>>

«ABL-Soft&SS» mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari «AutoCon TR.uz» nomli avtotransport vositalarining davlat raqamlarini va ularning tezligini videotasvirlar oqimi orqali avtomatik aniqlash uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqdi

iPhone 6s egalari smartfonning to‘satdan o‘chib qolishidan shikoyat qilishmoqda>>

Apple’ning eng oxirgi modeldagi iPhone 6s smartfonining ba'zi egalari kutilmagan muammoga duch kelishayotganini aytishmoqda. Smartfon vaqti-vaqti bilan batareyasi to‘la bo‘lishiga qaramasdan o‘z-o‘zidan o‘chib qolmoqda

Qozog‘iston prezidenti N.Nazarboyev 29 bolaning hayotini saqlab qoldi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan “Rahm-shafqat” xayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berilgan “Ipak yo‘li” mukofoti uchun taqdim etilgan mablag‘lar mamlakatdagi zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 29 nafar bolaning hayotini saqlab qoldi

«Rossiya 24» telekanali Rossiya bombardimonchilari uchun Suriyadagi ob-havoni ko‘rsatdi>>

«Rossiya 24» telekanali o‘z efirida Rossiya bombardimonchi samolyotlari uchun Suriyadagi ob-havo ma'lumotini namoyish qildi

Interbrand jahondagi eng qimmat brendlar nomini e'lon qildi>>

Interbrand brend-konsalting agentligi har yili (16-marta) o‘tkazib kelinayotgan jahonning eng qimmat 100 ta brendi ro‘yxatini e'lon qildi

Nokia 1100 - dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan telefon ekani aniqlandi>>

Nokia 1100 telefoni dunyoda eng ko‘p sotilgan telefon ekani ma'lum bo‘ldi

Tom Kruz va Nikol Kidmanning asrandi qizi o‘z nikohiga boqib olgan ota-onasini chaqirmadi>>

Tom Kruz va Nikol Kidmanning 22 yoshli asrandi qizi Izabella Kruz o‘z nikohiga boqib olgan ota-onasini chaqirmadi

"Mexelen" jamoasi darvozaboni "Anderlext"ga qarshi o‘yinda 3 marta penalti qaytardi>>

Belgiya chempionati doirasida kechgan uchrashuv davomida "Mexelen" jamoasi darvozaboni Jan-Fransua Jille "Anderlext" futbolchilarining penaltidan yo‘llagan 3ta zarbasini bartaraf etdi

Italiyaliklar dunyodagi eng ulkan tortni pishirishdi>>

Italiyada dunyodagi eng yirik tort sifatida tan olingan shirinlik tayyorlandi

Yaponiyada barcha fuqarolar uchun 12 katakli shaxsiy raqamlar joriy qilinadi>>

Yaponiyada kuchga kirgan yangi qonunga ko‘ra mamlakatning barcha fuqarolariga tug‘ilganidan boshlab 12 katakli maxsus raqamlar berilib, ular turli ro‘yxatga va hisobga olish ishlarini yengillashtirish hamda unifikatsiya qilish masalasini yengillashtirishga qaratiladi

Italiyada tezyurar limuzinning suzuvchi namunasi ishlab chiqildi>>

Fiart Mare kemasozlik korxonasida ochiq dengizda limuzin o‘rnida foydalanish mumkin bo‘lgan Jet Capsule kateri ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda luxurylaunches

Sotheby's auksionida Alibaba asoschisining surati 5,4 mln dollarga sotildi>>

Alibaba Group asochisi Jyek Ma va xitoylik rassom Tszen Fanchji hammualliflikda chizgan “Jannat” deb nomlangan surat Sotheby's auksionida 42,2 mln gonkong dollariga (5,4 mln AQSh dollari atrofida) sotildi

Windows 10 orqali yo‘qolgan qurilmalarni topish imkoniyati paydo bo‘ladi>>

Internetda tarkibida Find My Device (“Mening qurilmamni top”) singari yangi vazifalari mavjud bo‘lgan Windows 10 ning 10558 raqamli jamlanmasi haqidagi axborotlar paydo bo‘ldi

Facebook sun'iy yo‘ldosh yordamida Afrikani internet bilan ta'minlaydi>>

Facebook kompaniyasi Eutelsat fransuz kompaniyasi bilan hamkorlikda Afrika mamlakatlarini sun'iy yo‘ldosh orqali internet bilan ta'minlaydi

Zlatan Ibrohimovich «PSJ»da 110-golini urib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi>>

«PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich "Marsel"ga qarshi kechgan uchrashuvda ikki marta penaltidan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasiga g‘alaba keltirdi (2:1).

Top