20:38 / 06.10.2015
4038

"O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotlari Rigaga uchishni boshlaydi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Latviya poytaxti Rigaga yangi yo‘nalish ochmoqda. Bu haqda aviakompaniyaning matbuot bayonotida ma'lum qilinmoqda. 

Sputnik nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, qishki parvozlar jadvaliga ko‘ra, Rigaga to‘g‘ri reyslar 30 sentabrdan har juma kunlari Boeing-767 avialaynerlarida amalga oshiriladi,

"O‘zbekiston havo yo‘llari" sentabr boshida Yevropa Ittifoqi davlatlariga parvoz amalga oshirishga ruxsat beruvchi Yevropa aviatsion xavfsizligi agentligining ruxsatini olgandi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" davlatga qarashli bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekistonda yagona aviatashuvchi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyoning 40 dan ko‘proq shahari: Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq, Osiyo davlatlarining 21 ta, MDHning 22 ta shahariga va mahalliy avialiniyalarda 11 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlar amalga oshiradi.

Top