16:42 / 06.10.2015
5896

Rossiya samolyotlari Palmira va Halab hududlarida IShIDga zarba berdi

Rossiya harbiy samolyotlari IShIDning Palmira va Halabdagi nuqtalariga zarbalar yo‘lladi. Bu haqda Suriyadagi telekanallardan biri orqali harbiy manbaga tayanib xabar qilingan.

Xabarda aytilishicha, aviazarbalar natijasida jangarilarga tegishli 20ta avtomobil va 3ta omborxona yo‘q qilingan.

Biroz oldinroq, Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko Rossiya askarlari Suriyada quruqlikdagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Top