15:15 / 06.10.2015
4824

Toyota yana bir bor dunyoning eng qimmat avtomobil brendi deb topildi

Yaponiyaning Toyota avtomobil markasi ketma-ket 12- marotaba dunyoning eng qimmat avtomobil brendi deb topildi. Umumiy ro‘yxatda esa yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi oltinchi o‘rinni band qildi. Interbrand bahosiga ko‘ra, mazkur marka qiymati 49,048 milliard dollarga teng.

Ushbu ro‘yxatning ikkinchi qatorida 37,212 mlrd dollarga baholangan BMW brendi joy oldi. Dunyoning eng qimmat brendlari reytingida esa mazkur model 11- bo‘lib tilga olindi. Kuchli o‘ntalikdan, shuningdek, 36,711 mlrd deb topilgan Mercedes-Benz (umumiy ro‘yxatda 12- o‘rin), 22,975 mlrd deb topilgan Honda (38-o‘rin), 11,578 va 11,293 mlrd dollar turuvchi Ford hamda Hyundai (38-39- o‘rinlar), Audi (10,328 mlrd, 44-o‘rin), Nissan (9,082 mlrd, 49-o‘rin) va Porsche (8,055 mlrd, 56-o‘rin) joy oldi.

Chevrolet brendi esa 5,133 mlrd dollarga baholanib avtomobil markalari ro‘yxatida 12, umumiy reytingda 85- bo‘lib qayd etildi.
Interbrand umumiy reytingida birinchi o‘rinni 170,276 milliard dollar turuvchi Apple kompaniyasi brendi egalladi. Birinchi uchtalikdan Google (120,314 milliard dollar) va Coca-Cola (78,423 milliard dollar) ham joy oldi.

Top