16:58 / 06.10.2015
4070

Ukrainaning umumiy davlat qarzi 70,5 mlrd dollardan oshdi

31 avgust holatiga ko‘ra, Ukrainaning davlat va kafolatlangan davlat qarzlari qariyb 1,5 trln griven (70,5 mlrd dollardan ziyod)ni tashkil etdi. Bu haqda Ukraina Moliya vaziri matbuot xizmati xabar qildi.

Tashqi davlat qarzlari 976 mlrd griven (46 mlrd dollar)ni tashkil qilsa, umumiy ichki qarz 518,5 mlrd griven (24 mlrd dollar)dan iborat.

“2015 yilning yanvar-avgust oylarida Ukrainaning davlat va kafolatlangan davlat qarzi griven ekvivalentida 394 mlrd griven (18,5 mlrddan ziyod)ga oshdi”, - deya qayd etdi Moliya vaziri.

Matbuot xizmati mablag‘larning bu qadar oshganining sababini Ukraina milliy valyutasining devalvatsiya qilinishi bilan izohladi.

Top