11:09 / 06.10.2015
5234

Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Bahraynga qarshi o‘yinida ishtirok eta olmaydi

6 oktabr kuni tongda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi, 5-turi doirasidagi uchrashuvni o‘tkazish uchun Bahrayn poytaxti — Manama shahriga uchib ketdi.

Bahraynga qarshi uchrashuvga yo‘l olgan futbolchilar tarkibida avval e'lon qilingan ro‘yxatdagidan birgina o‘zgarish bo‘ldi. Vitaliy Denisov jarohati sababli ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmasligi ma'lum bo‘ldi. 23 nafar futbolchidan iborat tarkibda uning o‘rni hujumchi Vohid Shodiyev bilan to‘ldirildi.

Eslatib o‘tamiz, Bahrayn - O‘zbekiston uchrashuvi 8 oktabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Quyida Bahraynga qarshi o‘yinni o‘tkazish uchun Manamaga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yxatini keltirib o‘tilgan.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov ("Paxtakor"), Eldor Suyunov ("Nasaf"), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Davron Hoshimov ("Paxtakor"), Yegor Krimets ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Chanchun Yatay" — Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv"), Shavkat Mullajonov ("Lokomotiv"), Shuhrat Muhammadiyev ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov ("Krasnodar" — Rossiya), Server Jyeparov ("Ulsan Xyunday" — J.Koreya), Aziz Haydarov "Ash-Shabob" — BAA), Fozil Musayev ("Sepaxon" — Eron), Sardor Rashidov ("Al-Jayish" — Qatar), Sanjar Tursunov ("Vorskla" — Ukraina), Stanislav Andreyev ("Paxtakor"), Javohir Sohibov ("Paxtakor"), Jasur Hasanov ("Lokomotiv"), Sanjar Shoahmedov ("Lokomotiv").

Hujumchilar: Marat Bikmayev ("Lokomotiv"), Igor Sergeyev ("Paxtakor"), Eldor Shomurodov ("Bunyodkor"), Vohid Shodiyev ("Bunyodkor").

Top