17:04 / 06.10.2015
3754

WSJ: AQShda BMT vakillari poraxo‘rligini aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda

AQShda BMT vakillari ichida poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yganlarni aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, BMT vakillari Xitoyning Makao shahridagi qurilishi ishlarini tashkil etish uchun pora olgan bo‘lishi mumkin.

Qayd qilinishicha, hozirgi tergov ishlari boshlanishiga makaolik turar-joy bozorining eng katta vakillaridan biri Ng Lapsengning hibsga olingani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Shubha ostiga olinganlarning soni hozircha aytilmayapti. Ma'lum bo‘lgani bir qator mansabdorlar porani Karib havzasi mamlakatlaridagi hisoblariga o‘tkazib olishgan.

Top