09:07 / 06.10.2015
2942

Xakerlar Donald Tramp mehmonxonalaridagi to‘lov tizimiga buzib kirishdi

Milliarder Donald Trampga tegishli Trump Hotel Collection mehmonxonalar tarmog‘i xakerlar tomonidan plastik kartalar yordamida yashash uchun to‘lovlarni amalga oshirish tizimini buzish holatini aniqladi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Shu bilan birgalikda, Tramp mehmonxonalaridagi restoranlar va esdalik sovg‘alari do‘konlaridagi to‘lov tizimlari ham xakerlar hujumiga uchragan bo‘lib, mijozlarning kredit va debet kartalari raqamlari o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.

Mehmonxonalar tarmog‘ining ma'lum qilishicha, xakerlar 2014 yil maydan 2015 yilning iyun oyigacha bo‘lgan vaqtdagi to‘lov tizimiga kira olishgan, biroq mustaqil ekspertiza axborotlarning o‘g‘irlanishi bo‘yicha hech qanday noqonuniy harakatlarni qayd etmadi.

Hodisa tarmoqning Nyu-York, Chikago, Mayyami, Las-Vegas, Toronto va Gavayyadagi mehmonxonalarida kuzatilgan.
Ayni paytda AQSh maxfiy xizmati va MRB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Avgust oyida xakerlar Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning rasmiy saytiga buzib kirishgan edi.

Top