14:50 / 06.10.2015
3322

Xitoy sharqidagi ko‘prikdan avtobus qulashi tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning sharqiy provinsiyalaridan biri Anxoyda yuz bergan YTH natijasida avtobus ko‘prikdan qulab tushdi. Bu haqda CCTV telekanalida xabar qilingan.

Xabarda aytilishicha, bu hodisa oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan va kamida 30 kishi jarohatlangan.

Ayni vaqtda avtobus yo‘nalishi haqida ma'lumot yo‘q. Hodisa sabablari ham aniqlanmagan.

Top