20:22 / 07.10.2015
4562

AQShda neft qazib olish hajmi pasaytirilgach, dunyo bozorida neft narxlari o‘sishda davom etmoqda

AQShda yoqilg‘i zaxirasi kamaytirilishi doirasida neft narxida chorshanbadan boshlab ko‘tarilish boshlandi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.

Brent turidagi neft narxi London birjasidagi savdolarga ko‘ra 0,56 (1,08 foiz) dollarga oshgan va bir barrel neft narxi 52,48 dollarga yetgan. Seshanba kuni esa neft narxi 2,67 (5,42 foiz) dollarga oshgan va narx 51,92 dollarni tashkil etgan edi.

WTI turidagi neft narxi Nyu-York tovar birjasidagi elektron savdolar (NYMEX) yakuni bo‘yicha 0,82 (1,69 foiz) dollarga oshgan va bir barreli 49,35 dollarni tashkil etgan.

Amerika neft instituti xabariga ko‘ra, AQShning neft bo‘yicha zaxirasi o‘tgan haftada 1,23 mln barrelga kamaygan.

Xususan, Kushinge neft terminalida, NYMEX savdolarida sotiladigan neft zaxirasi 100 ming barrelga kamaygan.

Qayd etish kerakki, institut ma'lumotlarni neft omborlari va qazib chiqarish kompaniyalaridan ixtiyoriy ravishda oladi.

Top