20:42 / 07.10.2015
3919

"Ash-Shabob" terrorchilari Somali prezidenti jiyanini o‘ldirishdi

Somalida harakat qiluvchi "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi a'zolari Somali prezidenti Hasan Shayh Mahmudning jiyani Liban Usmonni o‘ldirishdi. Terrorchilar mamlakatning poytaxti Mogadishoda uning avtomobiliga pistirma qo‘yishgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reyter axborot agentligi ma'lum qildi.

Terrorchilar Usmon va huquqshunos Abduqodir Muhammad o‘tirgan avtomobilga o‘t ochishgan. Ularning ikkisi ham halok bo‘lgan, deb xabar berdi politsiya vakili Muhammad Nur.

Terrorchilik guruhi Usmonni "prezident saroyidagi muhim shaxslardan biri" bo‘lgani uchun nishonga olganini ta'kidlab o‘tdi.

Mamlakat hukumati hozircha izoh berishni lozim topmadi.

Usmon yaqinda Somaliga xorijiy safardan qaytib kelgan va Mogadishodagi shifoxonada direktor sifatida ish boshlashi kerak bo‘lgan.

Top