14:33 / 07.10.2015
3377

Blatter: Meni hech qanday asossiz ayblashdi

FIFA prezidenti Yozef Blatter Shveytsariya Bosh prokuraturasi tomonidan o‘ziga nisbatan jinoiy ish ochilishi borasida noroziliklarini bildirib o‘tdi.

“Vaziyat yoqimsiz. Meni biror hujjat-dalilsiz ayblashmoqda. Bu juda yomon! Ammo hozircha faqat surishtiruv ishlari ketmoqda.

Men 26 fevral kuni o‘tkaziladigan FIFA prezidentligi uchun saylovlargacha kurashaman. O‘zim uchun va FIFA uchun.
Yakunda yovuzlik mag‘lubiyatga uchrab, ezgulik g‘alaba qozonishiga ishonchim komil”, - deydi Blatter Bunte nashriga bergan intervyusida.

Top