08:45 / 07.10.2015
3369

BMT Bosh assambleyasi sobiq prezidenti pora tufayli hibsga olindi

BMT Bosh assambleyasi sobiq prezidenti Jon Esh 6 oktabr kuni pora olish aybi bilan hibsga olingan. Esh xitoylik magnat va boshqa biznesmenlardan naqd pul olib, ularga foydali investitsiya va davlat shartnomalarini tuzish imkoniyatini taqdim etgan.

Esh BMTdagi o‘z vakolatidan foydalanib, xitoylik milliarder Ng Lap Sen Makaoda amalga oshirayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlagan.
AQSh hukumati uch yil davomida korrupsiya tizimida faoliyat yuritgan olti nafar kishini ham hibsga olgan.
Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Esh olgan pullarini o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatgan.

Top