10:48 / 07.10.2015
2451

BMT: YouTube 2 yil ichida ekstremistik yo‘nalishdagi 14 mln videolavhalarni o‘chirib tashladi

Oxirgi 2 yil ichida jangarilarning targ‘iboti va chaqiriqlaridan iborat 14 mln videolavha YouTube videoservisidan o‘chirib tashlandi. Bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashi aksliterror qo‘mitasi ijroiya direktorati rahbari Jan-Pol Laborde bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, terrorchilar internetda keng miqyosli kampaniya olib bormoqda. Targ‘ibotning asosiy qismi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa servislarga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois ushbu resurslar egalari o‘zlari oldida turgan mas'uliyatni his qilishlari lozim.

Top