09:32 / 07.10.2015
3025

Brakonerlar Zimbabve milliy bog‘larida 14ta filni zaharlashdi

Brakonerlar so‘nggi ikki haftada Zimbabvening turli qismlaridagi milliy bog‘larda 14ta filni sianid moddasi yordamida zaharlashdi, deya xabar bermoqda Guardian.

Oltita filning tishlari kesib olingan, deya ma'lum qildi mahalliy milliy bog‘lar boshqarmasi vakillari, ayni paytda jinoyatchilar qidirilmoqda.
Qayd etilishicha, brakonerlar jonivorlarga sianid bilan zararlangan apelsinlarni berishgan, shuningdek, ular jonivorlar mineral moddalar bilan to‘yinadigan sho‘rxok yerlarni ham zaharlashgan.

Ikki yil muqaddam ham brakonerlar sho‘rxok yerlarni zaharlash orqali yuzlab fillarni o‘ldirishgan edi. O‘shanda fil jasadlari bilan oziqlangan quzg‘unlar ham nobud bo‘lgandi.
Ayni paytda Afrika mamlakatlaridagi milliy bog‘larda yirik sutemizuvchilar populyatsiyasi 100 mingga yaqinni tashkil etmoqda.

Top