18:43 / 07.10.2015
3471

Dunyodagi eng tahlikali tog‘lardan birida turistlar uchun ekspeditsiya tashkil qilinadi

Pokiston va Xitoy chegarasida joylashgan Chogori tog‘ida turistlar uchun ekspeditsion dasturlar ishlab chiqiladi. Bu haqda The Daily Mail nashri yozmoqda. Sayyohlar uchun takliflar shu yilning oxirida tayyor bo‘ladi.

Turlar faqat shu paytgacha 3.5 ming m balandlikka chiqib ulgurgan insonlarga tegishli bo‘ladi. Sayyohlarni professional gidlar kuzatib boradi. Ekskursiya narxi 60 ming dollarni taklif qiladi.

K2 nomi bilan mashhur Chogori cho‘qqisining balandligi 8 614 m dir. U dunyodagi eng xavfli tog‘lardan biri sanaladi. Qoraqurum tizmasining tarkibiy qismi bo‘lmish cho‘qqi dunyoning eng shimoliy “sakkiz mingligi”dir. Unga birinchi marta 1954 yili muvaffaqiyat bilan chiqilgan.

Top