22:34 / 07.10.2015
5831

Eron diniy rahnamosi Oyatulloh Xominaiy AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi

Eron diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Xominaiy Tehron va Vashington o‘rtasida keyingi muzokaralar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Xominaiyning aytishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzorkaralar Vashingtonga Eronning ichki siyosatiga ta'sir qilishiga imkoniyat ochadi. Uning ta'kidlashicha, bu taqiqlov Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarga ham taalluqlidir.

Oyatulloh ikki davlat o‘rtasida keyingi barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni butunlay taqiqlab qo‘ydi.

Top