08:22 / 07.10.2015
2708

Fabio Kapello: «Aguero va Suares – dunyoning eng yaxshi hujumchilari»

Italiyalik murabbiy Fabio Kapello APLda yetakchilik qilayotgan «Manchester Siti» jamoasi o‘yini va uning yetakchilari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Manchester Siti» himoyasi Kompani yo‘q paytda barqaror o‘ynay olmayapti. Ularga tezlik yetishmaydi. Ammo jamoaning markaziy chizig‘ida sehrgar David Silva bor. Ular maydonni ajoyib tarzda ko‘ra oladi va aqlbovar qilmas paslarni amalga oshira oladi. U Aguero kabi jamoaning almashtirib bo‘lmas futbolchisi».

«Agueroga keladigan bo‘lsak, u hozirgi kunda Suares, Ronaldu va Levandovski bilan bir qatorda dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchilari bo‘lib turibdi», deydi Kapello Paolo Di Kanio muallifligidagi House of Football ko‘rsatuviga bergan intervyusi chog‘ida.

Top