22:17 / 07.10.2015
4381

Jomboyning Shayman bozorida tillafurushlar qo‘lga olindi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi mashhur Shayman bozorida noqonuniy ravishda tilla buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan bir qator ayollar maxsus reyd davomida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Savdogar Mastura Rahimova 17.282 mln so‘mlik 117 dona tilla buyumni sotayotganida qo‘lga olindi. Uning yonidan chiqqan 352 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, boshqa tillafurushlar faoliyatiga ham chek qo‘yildi. Jumladan, Nargiza Mamatovadan 4 turdagi 45 dona umumiy bahosi 6.301 mln so‘m, Gulnora Ahrorovadan 23 turdagi 38 dona 3.944 mln so‘mlik, Olim Eshxo‘jayevdan 4 turdagi 100 dona 18.38 mln so‘mlik zargarlik buyumlari olib qo‘yildi.

Top