08:21 / 07.10.2015
4686

KUN.UZ dayjesti: 6 oktabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 6 oktabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Saudiya Arabistonida borgan sari ko‘proq ayollar ajrashishga ariza berib, turmush o‘rtoqlariga tovon puli to‘lamoqdalar>>

Saudiya Arabistoni ayollari oxirgi mahal ajrashishga ariza berib, turmush o‘rtoqlariga tovon puli to‘lamoqdalar.

AQShlik uchuvchi parvoz paytida vafot etdi>>

American Airlines aviakompaniyasi samolyoti uchuvchilaridan biri parvoz paytida halok bo‘ldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Erdo‘g‘an Bashar Asadni "terrorizmga homiylik qilish"da aybladi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriya prezidenti Bashar Asadni "terrorizmga homiylik qilish"da ayblab chiqdi. Bu haqda "Interfaks" xabar bergan.

OAV: Rossiya Suriyada yer usti operatsiyasi o‘tkazmoqchi>>

Rossiya Suriya hududida yirik yer usti harbiy operatsiyasi o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Rossiyadagi muhojirlarning eng katta qismi o‘zbekistonliklardir>>

Oxirgi ikki yil ichida Rossiyaga tashrif buyurgan muhojirlarning eng katta qismi o‘zbekistonliklardir. Bu haqda Moskva inson huquqlari byurosi hisobotida aytildi.

IShID jangarilari “pushaymon bo‘lmagan” qarindoshlarini o‘ldirish bilan qo‘rqitdi>>

IShIDning bir nechta terrorchilari Saudiya Arabistonidagi o‘z qarindoshlarini, agarda ular “pushaymon bo‘lmasa”, o‘ldirajaklarini aytib tahdid qilishdi. Bu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.

Xitoylik tadbirkor o‘z xodimlarini rejani bajara olishmagani uchun ko‘chada emaklashga majburladi>>

Xitoycha tvitter bo‘lmish Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ko‘chada emaklayotgan 4 nafar yosh yigit tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, bu video 2 oktabr kuni Xitoyning Chjenchjou shahridagi ko‘l atrofida olingan.

BMT: Suriya osmonida aviatsiyaning ko‘pligi jiddiy xavf tug‘diradi>>

Suriya havo hududida turli koalitsiyalarning harbiy operatsiyalar o‘tkazayotganligi xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bayonot berdi.

New Yorker: Obama va Putin til topishishdi>>

Oxirgi ikki yil davomida qarama-qarshilik holatida bo‘lib kelgan ikki davlat prezidentlari Barak Obama va Vladimir Putin Suriya masalasida til topishishdi, deb yozadi The New Yorker nashri.

Rossiya tomonidan Suriyada aviazarbalar berilishidan keyin Turkiyaga muhojirlar oqimi keskin ortishi kutilmoqda>>

Suriyada ro‘y bergan keyingi voqealar tufayli Turkiyaga yana 1 millionga yaqin suriyalik muhojir o‘tishi mumkin. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush ma'lum qilgan.

Tojikiston STI rahbari: G‘arbdan Suriyada ko‘p qabihliklarni kutsa bo‘ladi>>

Tojikiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti rahbariyati Rossiyaning Suriyada boshlab yuborgan harbiy operatsiyalari o‘zini oqlashini ta'kidlab o‘tdi.

Peskov Suriyada yer usti operatsiyasi o‘tkazilishi haqidagi axborotni inkor qildi>>

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyada yer usti operatsiyasi o‘tkazilishi haqidagi axborotni inkor qildi.

AQSh elchixonasidagi ko‘ngilsizlikka dipmissiya ichidagi ziddiyatlar sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda>>

28 sentabr kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiga ikkita qo‘lbola yonuvchi uskuna tashlangan edi. Bugun onlayn nashrlarda paydo bo‘lgan axborotga ko‘ra, elchixona xavfsizlik xizmati rahbari konsullik bo‘limi boshlig‘i bilan kelishmay qolgani haqida yozildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi: IShID jangarilari Rossiya aviazarbasidan masjidlarga kirib yashirinishmoqda>>

Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonovning ma'lum qilishicha, IShID jangarilari Rossiya aviazarbalaridan qochib, masjidlarga berkinishmoqda, deb xabar qiladi TASS.

Top