16:53 / 07.10.2015
5397

Lexus kartondan tayyorlangan avtomobilini namoyish qildi

Lexus kompaniyasi Lexus IS avtomobilining karton qog‘ozidan tayyorlangan nusxasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda Techradar portali.
Mashina harakatlanishi uchun karkasi temir va alyuminiydan tayyorlangan elektr motor o‘rnatildi. G‘ildirak, korpus va salonni tayyorlash uchun qalinligi 10 millimetr bo‘lgan 1700ta karton qog‘ozi ishlatildi.

Modelni yig‘ish uchun uch oy sarflandi. Ishlab chiqaruvchilarning oydinlik kiritishicha, suv asosli kley yordamida yelimlangan har bir qismning qurishi uchun taxminan 10 daqiqa vaqt talab qilindi. Shundan keyingina unga boshqa elementlarni ulash mumkin bo‘ladi. Ulanish qismlari aniqligini ta'minlash maqsadida ehtiyot qismlar montaji faqatgina qo‘lda amalga oshirildi.

  

Mualliflarning aytishicha, mashinani ishlab chiqishda ular yapon origamilaridan ilhomlanishdi. Bir vaqtning o‘zida, ushbu mashg‘ulot Lexus zavodlarida mashina yig‘uvchilarga taklif etiladigan barmoqlar chaqqonligini oshirish mashqlari o‘rnini bosadi.

Qoidaga binoan, zavod ishchilari barmoqlar chaqqonligini oshirish uchun muntazam ravishda qog‘ozdan yetakchi bo‘lmagan qo‘lda mushukning origami shaklini yasashlari lozim. Mazkur vazifani bajarish uchun 90 soniya talab etiladi.

Top