20:01 / 07.10.2015
6297

Microsoft'dan yangi Lumia smartfonlari, Surface Pro 4 plansheti va Surface Book noutbuki

6 oktabrda Nyu-Yorkda Microsoft kompaniyasining yangi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya Windows 10 da ishlovchi Lumia 950 va 950 XL smartfonlari, Surface Pro 4 palnsheti va barcha uchun kutilmagan bo‘lgan Surface Book noutbukini taqdim etdi.

Lumia 950 va 950XL

Taqdim etilgan ushbu ikkita yangilik Windows 10 tizimida ishlaydi. Ushbu operatsion tizimda yaxshi ishlashi uchun smartfonlarda sakkiz yadroli protsessor o‘rnatilgan. Buning ustida unda sovutish qurilmasi ham mavjud. Yangi Lumia USB Type-C bilan ta'minlangan bo‘lib, uning yordamida smartfonni monitorga ulab, undan personal kompyuyetr sifatida foydalansa bo‘ladi. Klaviatura va sichqoncha ham USB-uzaytmasi yordamida telefonga ulanadi. U yerda Flash-karta ham urnatsa bo‘ladi. Telefon uni ham tasdiqlaydi. Shundan keyin ham smartfondan odatiy ravishda foydalansa bo‘ladi, ya'ni undan qo‘ng‘iroq qilish, sms-xabarnoma yozish va boshqa ishlar qilish mumkin bo‘ladi.

Smartfonda kompaniya vakillari e'tiroficha jahondagi eng kuchli ikkita antenna o‘rnatilgan.

OLED ekranli displeyning dioganali — 950 va 950 XLga mos ravishda 5,2 va 5,7 dyuymni tashkil etadi. Piksel zichligi — 564 ga 518 dyuym.

Smartfonga RGB chiroq diodli yoritkich va 20-megapikselli kamera o‘rnatilgan. RGB chiroq diodli yoritkich yordamida yorug‘lik yetarli bo‘lmagan joylarda ham suratga olish imkoniyati mavjud. Video yozish va 4K ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yarim soatda smartfonni yarimigacha quvvatlantirish mumkin. 

Smartfonlar noyabr oyidan sotuvga chiqadi. Lumia 950 549 dollar Lumia 950XL esa 649 dollardan sotiladi.

Surface Pro 4 plansheti

Planshet ham Lumia smartfonlariga o‘xshab Windows 10 da ishlaydi.

Ekran biroz kattardi, endi uning diagonali 12,3 dyuymni tashkil etdi. Ammo qurilmaning hajmi o‘zgarmadi. Chunki displey atrofidagi ramkalar ingichkalashdi. Piksel zichligi — 267 dyuym. Displey 0,4-millimetrli Gorilla Glass shishasi bilan qoplangan.

Raqamli Surface Pen perosi yangilandi. Endi u 1024 darajada bosishni amalga oshira oladi. Aksessuar bir yil davomida quvvatsiz ishlay oladi, chetlari magnit yordamida Surface bilan qoplangan. Maxsus tugmacha yordamida Cortana personal assistentini ishga tushirish mumkin. Pero Microsoft ning barcha va boshqa ko‘plab eski dasturlarida ishlay oladi.

Ishlash borasida unga Surface Pro 3 ga qo‘yilgan chipdan ko‘ra, 30 foiz yuqori tezlikda ishlay oladigan chip qo‘yilgan. Bundan tashqari Surface Pro Apple ning MacBook Air ultrabukidan 50 foizga kuchli. Shu bois qurilmaning qalinligi — 8,4 mm. ni tashkil etadi. 

Sotuvda planshet bilan birga video uchun USB 3.0 port qurilmasi va internet kabelni ulash uchun Ethernet-uzatma qurilmasi qo‘shib beriladi.

Surface uchun ulanadigan yangi Type Cover ixcham va yengil qilib ishlandi. Unda 40 foiz kattalikdagi shishali trekpad o‘rnatildi. Microsoft ma'ruzachisining so‘zlariga ko‘ra klaviatura avvalgilariga ko‘ra ancha sezgir ishlangan. Bundan tashqari, yangi Type Cover barmoqlar izi skaneri va Surface Pro 3 bilan jihozlangan.

Planshet sotuvi 26 oktabrda amalga oshiriladi. Boshlang‘ich bahosi — 899 dollar.

Surface Book noutbuki

Hech kim kutmagan holatda Microsoft kompaniyasi Surface doirasida yana bir yangi qurilmani taqdim etdi. U Microsoft Surface Book deb nomlanadi va kompaniyaning to‘laqonli noutbuki sifatida e'tirof etilmoqda.

Displey diagonali — 13,5 dyuym, piksel hajmi — 267 dyuym. Ekranni barmoqlar harakati yordamida ishlatsa bo‘ladi. bundan tashqari u raqamli peroni qo‘llab-quvvatlaydi.

Noutbuk ovozsiz klaviatura hamda shishali tachpad bilan jihozlangan. U bir vaqtning o‘zida besh harakatni ilg‘ashi mumkin. Grafikaning qayta ishlashi munosabati bilan videochip GDDR5 Nvidia ni va Intel ni yangi chipini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Surface Book — jahondagi o‘n uch dyuymli eng kuchli noutbuk hisoblanadi va u MacBook Pro ga qaraganda ikki baravar kuchli.

Taqdimot yakunida Surface Book klaviaturalar yig‘ilishi hisobiga planshetga aylanishi ma'lum bo‘ldi. Planshetta g‘arb jurnalistlari uni tashqi ko‘rinishidan “ilon” deb atagan himoya qobig‘i bor. Dok-stansiya yordamida uni ekranga ulash birgina tugmachani bosish bilan amalga oshiriladi. 

Mustaqil boshqaruv vaqti — 12 soat. Surface Book sotuvi 26 oktabrdabo‘lib o‘tadi. Bahosi — 1499 dollar

 

Microsoft Band 2 fitnes-trekeri

Band fitnes-trekerning o‘tgan yilgi ko‘rinishi matbuot tomonidan tanqidga uchragach, Band 2 yangi ko‘rinish oldi. Displey inson qo‘liga mos tushadigan qilib ishlangan va Gorilla Glass 3 shishasi bilan himoyalangan. Bundan tashqari u harakatlarga nisbatan o‘ta ta'sirchan etib ishlangan. 

Balandlik farqini aniqlash maqsadida Band 2 da GPS va barometr bilan jihozlangan. Trekerda jami bo‘lib 11 sensor o‘rnatilgan. Band 2 Cortans singari noyob qurilmalarga ega. U sizning mashq jarayoningizni mustaqil ravishda qayd etib boradi va mashqlarni to‘xtatganingiz hamono mustaqil ravishda o‘zgarishlarni amalga oshiradi.

Band shuningdek, organizm qabul qila oladigan maksimum darajadagi kislorodni ham aniqlay oladi. Bu sportchi uchun uzoq va qisqa masofalarga yugurish uchun qo‘l keladi. Bu ana shunday xususiyatga ega jahondagi yagona qurilmadir.

Band 2 Windows, iOS va Android tizimlarida ishlay oladi. U oktabrda sotuvga chiqadi. Bahosi — 249 dollar.

Top