15:35 / 07.10.2015
4512

O‘zbekistonlik imom-xatiblar Yekaterenburg televideniyesidagi telemuloqotda ishtirok etdi

O‘zbekistonlik imomlarimizning Rossiyaga rasmiy tashrifi rejasiga muvofiq, 5 oktabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari Rossiya federatsiyasining Sverdlovsk parlamenti raisi Babushkina Lyudmila Valentinovna qabulida bo‘ldi, deb xabar berdi Muxlis.uz portali.
Suhbat samimiy muloqot tarzda o‘tdi. “Bu kabi dinlararo hamkorlik aloqalar ikki davlat uchun birdek foydali. Ayniqsa, bugungidek diniy aqidaparastlik va ekstremizm havfi kuchaygan bir davrda o‘zaro hamkorlik va targ‘ibot tadbirlarining foydasi katta”, deyildi muloqotda. Suhbat davomida Sverdlovsk parlamenti raisiga Aydarbek Tulepovning “IShID fitnasi” (“Smuta IGIL”) kitobi taqdim qilindi.
Qolaversa, shu kunning o‘zida Yekaterenburg telekanalida Sverdlovsk muftiysi Abdul-Kuddus xazratlari va O‘zbekiston delegatsiyasi imom-xatiblari ishtirokida telemuloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqotda butun dunyo tinchini buzayotgan terrorizm, diniy ekstremizm, muqaddas islom dinini qora qilishga urinayotgan IShID va uning kirdirorlar haqida so‘z bordi.

Top