18:44 / 07.10.2015
9375

Putin: AQSh Rossiyaga IShID koordinatalarini berishi lozim

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh mudofaa vazirligiga IShIDning pozitsiyalari xususida ma'lumot taqdim etishi lozimligini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“Agar ular vaziyatni yaxshiroq bilamiz deb hisoblasalar, axir ular bu yerda bir yildan buyon, darvoqe, noqonuniy, ishlamoqda, demak, ular bizga nishonlarni berishini, biz ular asosida ishlashimizni aytdim”, - dedi u Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Ilgariroq AQShning NATOdagi vakili Duglas Lyut, Rossiya Bashar Asadni qo‘llashda davom etarkan, koalitsiya unga IShID haqidagi ma'lumotlarni taqdim etmasligini ta'kidladi.

Top