23:15 / 07.10.2015
4903

Rossiya IShID jangarilari haqidagi ma'lumotlarni Suriya, Eron va Iroq razvedkasidan olmoqda

Rossiya harbiylari Suriyada zarbalar berish uchun nishonlarni Suriya, Eron va Iroq razvedkasidan olgan ma'lumotlar asosida tanlaydi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Andrey Kartapolov aytdi.

"Zarba berish uchun barcha obektlar sinchkovlik bilan o‘rganiladi, bunda koinot va radioelektron razvedka, radioushlash ma'lumotlaridan olingan ma'lumotlar, uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan olingan suratlardan foydalaniladi. Biz, shuningdek, Suriya, Eron va Iroq razvedkasi, shu jumladan agentura manbalaridan olingan ma'lumotlardan foydalanamiz", deb aytmoqda Kartapolov.

Top